AQŞ Tomahawk qanotli raketalari bölgan ikkita esminetsini KXDRning yadro sinovlarini ötkazişi mumkin bölgan hududidan 480 km uzoqlikda joylaştirdi. Bu haqda NBC telekanali razvedkadagi manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining "Karl Vinson" atom aviataşuvçisi yetakçiligidagi zarba guruhi Şimoliy Koreyaga yöl olgan edi. 

Telekanalga köra, AQŞ şu yöl bilan ehtimoliy yadro sinovining oldini olmoqçi. Amerika razvedka axborotiga köra, yadro sinovi şu hafta dam oliş kunlari bölib ötişi kerak. 

KXDRning raketa sinovidan söng ötgan bir hafta mobaynida jahon va Osiyo mintaqasida keng muhokama qilingan mavzu – AQŞning KXDRga ehtimoliy zarba berişi masalasi böldi. Amerika yetakçisi Donald Tramp Şimoliy Koreyaga ta’sir etişning barça imkoniyatlari körib çiqilayotgani haqida bayonot bergan edi. 

KXDR avvalgi şu kabi holatlarda bölgani kabi AQŞga yadro zarbasi beriş bilan tahdid qilişda davom etmoqda.