Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar tarqatdi.

Samarqand viloyati rivojlangan sanoati va qişloq xöjaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim örin tutadi. 

Jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodi, JV Man Auto Uzbekistan qöşma korxonasida önlab turdagi maşinalar işlab çiqarilmoqda. “British-Amerikan tobakko”, “Sam Antep Gilam”, UrgGazKarpet, “Amin Invest”, "Daka Teks", “Agromir Samarqand” qöşma korxonalari, "Sino", "Samarqandkimyo" aksiyadorlik jamiyatlari, “Şarq sanoati” xususiy konserni singari yirik işlab çiqariş quvvatlari viloyatning iqtisodiy rivojiga muhim hissa qöşmoqda. 

2016 yilda yana 19 qöşma korxona taşkil etilgan va viloyat böyiça ularning soni 263 taga yetgan. Viloyatning taşqi savdo aylanmasi 1 milliard 195 million dollarni taşkil etgan. Eksport hajmi 2015 yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oşgan. 

Bu körsatkiçlar Samarqandning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham namoyon bölmoqda. 2016 yilda yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz ösgani şundan dalolat beradi.

Azaldan hunarmandlik va işbilarmonlik fazilatlari bilan dong taratgan samarqandliklar kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ham muhim natijalarga erişib kelmoqda. Ayni paytda viloyatda mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 78 foizdan oşgani va mehnat bilan band aholining 84 foizdan ziyodi şu sohada faoliyat körsatayotgani e'tiborga loyiq. 

Viloyatda qişloq xöjaligi sohasini isloh qiliş va modernizatsiyalaş yuzasidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. 2016 yilda 2838 köp tarmoqli fermer xöjaliklari, 9079 gektar maydonda intensiv boğ va 1000 gektar yerda tokzor taşkil etilgan. Uşbu sohada 11 ming 349 iş örni yaratilgan. 

Bugungi kunda sabzavotning 33 foizi, mevaning 38 foizi, sutning 34 foizi, göştning 27 foizi viloyatdagi mahalliy korxonalarda qayta işlanmoqda. Bunday ösiş sur'atlari odamlarning turmuş şaroitida, viloyatdagi şahar va qişloqlar qiyofasida namoyon bölmoqda. 

Turizm Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda turistik resurslardan oqilona foydalaniş, körsatilayotgan xizmat turlarini köpaytiriş va sifatini zamon talablariga moslaştiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli bugungi kunda Samarqandda yuzdan ortiq mehmonxona va 80 dan ortiq sayyohlik firmasi faoliyat körsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat körsatiş imkoniyatlari kengaymoqda.