Özbekiston Taşqi işlar vazirligida çet ellik jurnalistlarning akkreditatsiyadan ötkazilişi böyiça kerakli işlar olib borilmoqda. Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov respublika taşqi siyosatining zamonaviy bosqiçi va uning dolzarb masalalari mavzusida ötkazilgan tadbirda tez orada bu böyiça qöşimça yangiliklar kiritilişi haqida ma'lum qildi.

«Dunyoning yetakçi ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qiliş jarayoni davom etmoqda. Çet ellik jurnalistlar soni ortişidan manfaatdormiz», degan Komilov.

Tadbirda iştirok etgan «Kun.uz» muxbirining Abdulaziz Komilovga asoslanib ma'lumot berişiça, ayni vaqtda VVS naşrini akkreditatsiyadan ötkaziş jarayoni olib borilmoqda.

«BBC’ning arizasi qabul qilingan, akkreditatsiya qiliş işlari ketmoqda», degan vazir.

Ma'lumot uçun, 2017 yil 3 aprel holatiga köra, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida quyidagi xorijiy OAVlar akkreditatsiyadan ötgan:
Arzu Radio TV (Afğoniston)
«VGTRK» (Rossiya)
«Anadolu» AA (Turkiya)
«Rossiya segodnya» AA (Rossiya)
«AzerTAj» AA (Ozarboyjon)
«Trend» AA (Ozarboyjon)
«Jingji Jibao» AA (Xitoy)
«Kazinform» (Qozoğiston)
The Daily Ittehad (Pokiston)
Reuters (Buyuk Britaniya)
«TRT» (Turkiya)
«BBC Monitoring» (Buyuk Britaniya)
«Interfaks» (Rossiya)
«TASS» (Rossiya)
«Sinhua» AA (Xitoy)
«Fars news» AA (Eron)
«Jenmin Jibao» (Xitoy).

Xorijiy jurnalistlarni akkreditatsiyadan ötkaziş tartibi