Jahon iqtisodiy forumi (JIF) mutaxassislari dunyodagi eng xavfsiz davlatlar reytingini taqdim etişdi.
136 davlatdan iborat röyxatda Finlyandiya yetakçilik qilmoqda, u ötgan yili ham birinçi örinni egallagandi. Ikkinçi örin Birlaşgan Arab Amirliklariga berilgan bölsa, kuçli uçlikka Islandiya yakun yasadi.
Reytingning ilk önligiga şuningdek Ummon, Hongkong, Singapur, Norvegiya, Şveytsariya, Ruanda va Qatar ham kiritildi.
Qardoş xalqlar orasida Ozarboyjon - 35, Tojikiston - 49, Qozoğiston - 58, Qirğiziston - 98-örinlarni egallaşgan.
Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi reytingning 109-örnida qayd etilgan bölsa, Ukraina - 127-poğonada. Sönggi vaqtlarda köplab ziddiyatlar kuzatilayotgan Turkiya dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari röyxatining 116-örnida.
Ta'kidlaş joizki, reytingda Özbekiston va Turkmaniston nomlari qayd etilmagan.
Röyxat davlat hududidagi qurolli mojarolar, jinoyatçilik darajasi va terrorçilik tahdidi kabi omillar asosida tuzilgan.
13 aprel, payşanba kuni JIF Kolumbiyani dunyoning eng xavfli mamlakati deya e'tirof etdi. Keyingi örinlarda - Yaman va Salvador. Şuningdek Ukraina ham bu röyxatga kiritilgan.












