Xitoy Amerika qurolli kuçlari Şimoliy Koreyaga zarba berişga qaror qilsa, KXDRga yordam bermasligi mumkin. Bu haqda South China Morning Post naşri yozmoqda. 

Gazetaning yozişiça, garçi 1961 yilda ikki mamlakat örtasida döstlik, hamkorlik va özaro yordam töğrisida Şartnoma bölsa-da, Pxenyan yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya qilişdan boş tortdi. Şu bilan ikki tomonlama kelişuvning mintaqadagi tinçlik va barqarorlik garovi bölmiş şartlaridan biri buzildi. 

"Uruş boşlangudek bölsa, Pekinning Pxenyanga yordam berişi qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida biror narsa deyiş qiyin. Çunki, KXDR ikki tomonlama kelişuv bandini buzgan holda, yadro quroli ustida işlamoqda", - deydi pekinlik harbiy tahlilçi Li Tsze.

Şanxay şahridan ekspert Ni Lesyunga köra, Xitoy nazariy jihatdan, agar amerikaliklar KXDRga bostirib kirsa, Pxenyanga kömak berişi kerak, ammo Şimoliy Koreyaning yadro qurolini tarqatmaslik kelişuvini buzgani, Pekinning bu imkoniyatdan foydalanmasligiga jiddiy asos böla oladi".

Şu bilan bir vaqtda, kuzatuvçilar keng qamrovli jangovar harakatlar ehtimoli kam, deb hisoblaşmoqda. AQŞ buning örniga bir neçta ogohlantiruvçi raketa zarbalari berişi mumkin. 

"Bu holda, Xitoy muammodan osongina qutiladi hamda KXDRga yordam beriş uçun barça quruqlikdagi quçlarini safarbar etmaydi. "Ammo, harbiy mojaro yuz bergudek bölsa, Xitoy tomoni Pxenyanga oziq-ovqat va qurol-yaroğlar, masalan, eski tanklar bilan yordam berişi mumkin", - deb yozadi naşr. 

"Xitoy Pxenyandagi tuzumning qulaşi qoçoqlarning Xitoyga oqimi kuçayişidan xavotirlanmoqda", - deya xulosa qiladi South China Morning Post.