Xan Son Ryol AQShni fitnalardan tiyilib turishga chaqirib, agar Vashington urushni tanlasa, Pxenyan bunga tayyorligini bildirdi. «Agar AQSh sayoz o‘ylangan harbiy harakatlar bilan kelsa, Shimoliy Koreyaning xavfni bartaraf etuvchi zarbasiga duch keladi. Bizda kuchli yadro vositasi bor», — deb eslatgan diplomat.
Navbatdagi oltinchi yadro sinovi qachon amalga oshirilishiga doir savolga javob bergan vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, bu masala oliy qo‘mondolik ixtiyoridadir. «Portlash rahbariyat bunga zarurat topgan vaqtda amalga oshiriladi», - degan Xan Son Ryol.
Avvalroq, NBC News telekanali Amerika razvedkasidagi bir necha yuqori lavozimli mulozimlarga tayangan holda, KXDRning yadro sinovi o‘tkazishi aniq bo‘lsa, AQSh Shimoliy Koreya harbiy inshootlariga oldindan zarbalar berishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.











