Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida "Özbekoziqovqatzaxira" uyuşmasi raisi örinbosari Nodirbek Rahbarov va uyuşma tarkibidagi "Intertrade invest" MÇJ boş direktori Abduhamid Karimov bu yil kartoşka nega tanqis bölgani, uning bozordagi narxi oşib ketgani böyiça berilgan qator savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda “Oila davrasida” naşri.
Mutaxassislarning sözlariga köra, ötgan yili respublika dalalaridan kutilganidan ança kam kartoşka hosili yiğib olingan.
“Buni issiq ob-havo ta'siri tufayli kartoşkaga kasallik tekkani va sabzavotning zararlanişi bilan izohlaş mumkin. Şu sababli Özbekistonda kartoşka mahsuloti tanqisligi röy berdi. Aholini bayramoldi va qiş-bahor mavsumida qişloq xöjalik mahsulotlari bilan barqaror narxlarda ta'minlaş maqsadida uyuşma tarkibidagi mavjud bazalar tomonidan respublikamizga kartoşka olib keliş yuzasidan import şartnomalari imzolandi. Misol uçun, joriy yilning 31 martiga qadar 4 932 700 AQŞ dollariga 14 ming 851 tonna kartoşka keltirildi. Tizimdagi korxonalar tomonidan, şuningdek, xorijdan 11 170 100 AQŞ dollariga boşqa oziq-ovqat mahsulotlari ham olib kelingan”, - deya ma'lum qilişgan mutaxassislar.
Qayd etilişiça, bugungi kunda özbek tuproğida pişib yetilgan qişloq xöjalik mahsulotlari Rossiya, Qozoğiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirğiziston, Xitoy singari davlatlarga eksport qilinmoqda. Joriy yilning 31 martiga qadar umumiy miqdori 2 million AQŞ dollarilik 10 şartnoma imzolangan. Hozirgaça 717 ming AQŞ dollariga 345 tonna mahsulot eksportga çiqarildi. Özbekistonda 40 dan ziyod mahsulot xorijga eksport qilinmoqda.
Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, 2017 yilning özida «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasi tarkibidagi töqqizta korxona (loyiha taşabbuskorlari) tomonidan jami 4 ming tonnalik sovitgiçli siğimlar yangidan quriladi, mavjudlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilinib, işga tuşiriladi. Mazkur sovitgiçli siğimlarni işga tuşiriş uçun 5 milliard 120 million söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasi tarkibidagi 56 korxonaning bari fermer xöjaliklari bilan şartnoma imzolagan. Unga köra, uyuşma ularga 40 foiz tölovni oldindan amalga oşiradi. Bu yil 10 ming nafar fermer kartoşka ekişni rejalaştirmoqda.








