«PSJ» futbol klubining germaniyalik yarim himoyaçisi Yulian Draksler öz dösti va hamyurti Mesut Özil Parij klubiga ötsa, bundan faqat xursand bölişini bildirdi. Eslatib ötamiz, Özil ayni damda «Arsenal» futbolçisi hisoblanadi.

«Ha, men döstimni bu yerda körişdan xursand bölardim, sababi Mesutning «Arsenal» bilan şartnomasi deyarli yakunlandi, yana bir yil qoldi. U ajoyib futbolçi, menga u bilan termada birga öynaş yoqadi, hamda men Özil bilan „PSJ“da ham birga töp surişni istardim. Biz doimiy ravişda muloqotdamiz. Men unga: «PSJ»ga kel» deyman. U esa kuladi, sababi bir yil avval uning özi meni „Arsenal“ga çaqirgandi.

Rejalari qanday ekanini bilmayman, biroq uni bu yerda körişdan faqat xursand bölardim, sababi u ajoyib öyinçi va juda yaxşi inson», - deya aytib ötdi Draksler SFR Sport efirida.