Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi EDO-03-12-3-son Bayonnomasiga muvofiq, meva-sabzavot, kartoşka, poliz va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş bilan boğliq masalalarni hal etiş maqsadida işçi guruh taşkil etildi.
“Özbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorligi natijasida mintaqalarda 60 ta agrofirma taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 fevraldagi topşiriği bilan noan'anaviy moyli ekinlar ekiş va yetiştirişni köpaytiriş Dasturi tasdiqlandi.
Uşbu dastur ijrosini ta'minlaş maqsadida “Özbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi tizimidagi yoğ-moy korxonalari 3900 gektar, jumladan, 2300 gektar maxsar va 1600 gektar kungaboqar noan'anaviy moyli ekinlari, ekişni ta'minlaş közlangan.
Bu xolding tarkibidagi yoğ-moy korxonalari işlab çiqariş quvvatidan foydalanişni oşirişga va aholini işlab çiqarilayotgan yoğ-moy mahsulotlari bilan ta'minlaşni köpaytirişga, şuningdek, yangi iş örinlari yaratilişiga imkon beradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli Qarorining 6-bandiga asosan, eksportyor korxonalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, valyuta tuşumlari böyiça berilgan imtiyozlar işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va rivojlantirişga yönaltirilmoqda.
2017 yilda yangi mahsulot turlari jumladan, qandolat (32,0 ming dollar), meva-sabzavot (47,4 ming dollar) va sut mahsulotlari (82,7 ming dollar) eksportini amalga oşiriş, şuningdek, geografiyasi (Germaniya, Xitoy, Avstriya) ni ham kengaytiriş rejalaştirilgan.






