«Zenit» boş murabbiyi Mirça Luçesku Rossiya premer-ligasining 23-turidan örin olgan «Spartak»ka qarşi uçraşuvda mağlubiyatga uçrasa, iste'foga çiqişi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Tribuna.Uz yozmoqda.

«Hozir jamoada işlar ötgan yilgiga nisbatan yomon keçmayapti. Ötgan mavsumdan söng jamoa qança futbolçini yöqotganini sizga eslaşni taklif qilaman.

Hozir faqat oldimizda turgan «Spartak»ka qarşi uçraşuv haqida öylamoqdaman, qolgani haqida esa – keyin. Agar rahbariyati meni iste'foga çiqarişni istasa bunga tayyorman va qarorni xotirjam qabul qilaman», – deya Luçeskuning sözlarini keltiradi «R-Sport».