Bu Donald Trampning Vladimir Putin va Kim Çen In bilan raqs tuşayotgan haqiqiy kadrlar emas, albatta. Işonasizmi yöqmi, bu aslida musavvir Landon Meyyer yaratgan niqoblardir. 

"Men odamlarni qörqitadigan kişilar, personajlarni tanlaşga harakat qilaman, - deydi Mayyer BuzzFeed News'ga bergan intervyusida. - Dolzarb mavzularga qöl urişni yaxşi köraman - hozir siyosiy muhit juda murakkab, hamma ğazabda. Şu bois ular köpçilik uçun qiziq böladi, deb öyladim". 

Mayyer har bir niqobni yaratiş uçun bir neça hafta, ba'zan esa bir neça oy sarflaydi. "Bu ajoyib san'at asari", - deydi u.