Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida” qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq, ikkinçi jahon uruşi faxriylariga GM Uzbekistan qöşma korxonasida işlab çiqarilayotgan har qanday turdagi avtomaşinalarni bir martalik navbatsiz oliş imkoniyati taqdim etilgan.

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari mazkur imkoniyatdan bir marta foydalanişlari mumkin böladi. Uruş faxriysiga, öziga yoki yaqinlari, qarindoş-uruğlari yoxud nevaralaridan istaganiga bir marta bir dona avtomobilni navbatsiz xarid qilişga ruxsat beruvçi sertifikatlar topşirildi. 

Bugun Andijon viloyatida ana şunday imkoniyatga ega bölgan 3 nafar faxriyga “Andijon avtotexxizmat” jamiyati tomonidan “DAMAS” avtomaşinalari tantanali tarzda topşirildi.

Avtomaşinalar kalitini tantanali tarzda topşiriş tadbirida viloyat hokimining örinbosari Şahzodbek Tursunov, tuman hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi va jamoatçilik vakillari iştirok etdilar. 

- Bugun ertalab sertifikatga asosan maşinaga tölov qilgan edik, tuşdan söng avtomobilni keltirib berişdi,-deydi Jalaquduq tuman Qatortol qişloğida yaşovçi 93 yoşli ikkinçi jahon uruşi faxriysi Ergaşboy ota Xayitmatov. – Endi nabiralarim bilan mana şu avtomaşinada “Xotira va qadrlaş kuni”da tadbirlarga birga boramiz. Qöllarimiz doim duoda: Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç bölsin!

Şuningdek, Buloqboşi tumani Nayman qişloğida istiqomat qiluvçi yana bir uruş faxriysi Ismoiljon ota Yusupov xonadoniga ham “DAMAS” avtomaşinasi olib borib berildi.