London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolarda neft narxi arzonlaşa boşladi. Savdolarga doir ma'lumotlar şunday deyişga asos bölmoqda. 

Xususan, Nyu-Yorkning NYMEX tovar-xom aşyo birjasida WTI navidagi neftning may oyi fyuçerslari 0,83 foizga arzonlaşib, bir barreli 52,74 dollardan sotilgan.

Londonning ICE Futures birjasida esa, Şimoliy dengizning Brent navli nefti iyun oyida yetkazib beriş şarti böyiça 0,81 foiz arzonlaşib, barreli 55,44 dollardan xarid qilingan.