Londonning Skipping Rocks Lab startapi plastmassa idişlar, stakanlar, paketlar va baklaşkalarning örnini a'lo darajada bosa oluvçi kelajak upakovkasini yaratdi. Ooho deb nom olgan bu öram ta'msiz qobiq bölib, uni yeyiş mumkin. Ta'kidlanişiça, u dengiz suvötlari ekstraktidan tayyorlangan. Qobiq juda pişiq, işlab çiqarilişi arzon, asosiysi mutlaq ekologik toza – uni nafaqat yoyiş, balki tabiatga heç qanday zararsiz taşlab yuboriş ham mumkin, u tezda parçalanib, yöq bölib ketadi.
Qobiqni yaratiş texnologiyasi ustida ikki yil iş olib borilgan. Hozirda uning yaratuvçilari qobiqni işlab çiqariş usulini patentlaşmoqda va öz ixtirolariga köproq e'tibor jalb qilişga harakat qilişmoqda va investorlar qidirişmoqda. Ularning fikriça, yeyiş mumkin bölgan va arzon öram plastik çiqindilar muammosini hal qilişi va atrof-muhit ifloslanişini kamaytirişi mumkin.
Öram ustidan uni himoyalovçi yana bir qobiq böladi. Uni tanovul qilib bölmaydi.
Skipping Rocks Lab asosçilari öz mahsulotlari tasvirlangan videoroliklarni turli maydonçalarda namoyiş qilişmoqda, turli ma'ruzalar bilan çiqişmoqda va şu yildayoq öramning sinov partiyasini çiqarişmoqçi. Ooho turli içimliklar va şirinliklar uçun ajoyib öram bölişi mumkin. Uning ustidagi himoya qobiğini olib, oğizga soliş kifoya qiladi.
250 millilitrlik siğimga ega qobiqning tannarxi taxminan 0,3 sentni taşkil qiladi va bu plastmassa idişlardan ança arzonroq. Şuning uçun startap öz mahsuloti muvaffaqiyatiga şubhalanmayapti. Kompaniya bir neça yildan keyin qadoqlaş sohasidagi TetraPak kabi yirik kompaniyalarga munosib raqobatçilik qilişga umid qilmoqda.








