KXDR televideniyesida AQŞ böylab raketa zarbasi berilişini aks ettiruvçi film namoyiş etildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatgan.
Uşbu videorolik 15 aprel kuni Kim Ir Sen tuğilgan kunining 105 yilligiga bağişlangan tantanada namoyiş etilgan. Unda yangi ballistik raketa va uning uçirilişi tasvirlangan. Videoda körsatilişiça, raketa okean ustidan uçib ötib, AQŞ şaharlaridan biriga zarba beradi. Keyingi kadrda qabriston fonida Amerika bayroği yonayotgan holda körsatilgan.
Şu kungi paradda yangi qit'alararo ballistik raketasi namoyiş etilgani taxmin qilinmoqda.
Bundan oldinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp TMJ4 telekanali uçun bergan intervyusida amerikaliklarda Şimoliy Koreya bilan uruş boşlaş uçun yetarli asos borligi haqida aytib ötgandi.
Ekspertlar 25 aprel kuni, KXDR Koreya xalq armiyasi taşkil etilgani nişonlanadigan kunda oltinçi yadro sinovi amalga oşirilişi yoki raketa uçirilişi mumkin deb hisoblamoqda.







