Rossiyalik bloger Yuriy Dud özining «VDud» kanalida rossiyalik muxolifatçi, yurist va bloger, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi» asosçisi Aleksey Navalniy bilan katta intervyu uyuştirdi. 2018 yilgi Rossiya prezidentlik saylovlariga öz nomzodini ilgari surayotgan Navalniy, jumladan, markaziy osiyolik mehnat migrantlari haqidagi fikrlarini ham oçiqlagan.
Quyida intervyuning ana şu qismida aytilgan gaplarni e'tiboringizga havola etamiz.
Yuriy Dud.: - Siz millatçimisiz?
Aleksey Navalniy.: - Juda köpçilik meni şunday inson, deb biladi. Boz ustiga, jamoatçilikning liberal qismi meni köpinça millatçi, deb hisoblaydi, millatçilar esa liberast, deb ta'na qilişadi. Begonalar içra özimniki, özimnikilar içra begonadekman. Bu mafkuraviy tamğalarning birortasini menga nisbatan qöllab bölmaydi. Mening saylovoldi dasturimda bir punkt bor va uni millatçilik ruhida, deb hisoblaşadi. Bu — Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qiliş.
Yu.D.: - Kavkazorti davlatlari bilan ham...
A.N.: - Ha, Kavkazorti davlatlari bilan ham va bu yerda heç qanday millatçilikni körmayapman. Çunki Germaniya menga vizasiz kirişga ruxsat bermaydi-ku? Men esa davlatimizga Özbekiston va Tojikistonning fuqarolari vizasiz kirib kelişini istamayman. Bu mutlaqo me'yordagi, Yevropaga xos çora.
Yu.D.: - Bu holatda siz Yevropa ittifoqi bilan vizalar bekor bölişini istaysiz-a?
A.N.: - Albatta.
Yu.D.: - Xöş, tojikning nemisdan nimasi yomon?
A.N.: - Çunki nemis rivojlangan davlatda yaşaydi, iqtisodiy, siyosiy jihatdan rivojlangan mamlakatda. Men tojik inson sifatida, şaxs sifatida, mavjudot sifatida nemisdan yomonroq, deb hisoblamayman, aslo. Lekin bir narsasiz şubhasiz fakt sifatida qayd etmoq kerakki, men real hayotda yaşayapman va köryapmanki Özbekiston va Tojikiston kamroq rivojlangan davlatlar, u tomonlardan narkotrafik keladi, u yerdan kelayotgan insonlar yurtida maoşlar kam bölgani sababli, yaxşiroq hayotni izlab kelişadi, u yerda yaşaş xavfli, şu sababli biz migratsion vaziyatni nazorat ostiga oliş uçun viza rejimini joriy etişimiz kerak.








