«Navalniy» hujjatli filmi Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasining (BAFTA) «Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasida ğolib çiqdi. Mukofotlarni topşiriş marosimi 19 fevral, yakşanba kuni Londondagi Qirollik festival-hollda bölib ötdi.

Kanadalik rejissyor Deniyel Roerning filmi 2020 yil avgust oyida rossiyalik muxolifatçining zaharlanişi, uning davolanişi, komadan çiqqani va siyosatçining özi zaharlaniş holatlarini örganişi haqida hikoya qiladi. Film Navalniyning Rossiyaga qaytişi, u yerda hibsga olingani, «Iv Roşe» işi böyiça sudlangani va koloniyaga jönatilgani bilan yakunlanadi.

Filmning premerasi 2022 yil yanvar oyida «Sandens» kinofestivalida bölib ötdi, u yerda film tomoşabinlar mukofotiga sazovor böldi. 2022 yil dekabr oyida film Amerikaning Cinema Eye Honors tanlovida ikkita mukofotga sazovor böldi. Şuningdek, u 12 mart kuni topşiriladigan Amerika kino san’ati akademiyasining («Oskar») mukofotlari uçun nomzodlar röyxatiga kiritilgan.