Köplab muhandis va tadbirkorlarga avtomobillarni havoga kötariş orzusi tinçlik bermayapti. Bunday transport vositalaridan yaqin 5-10 yil içida istalgan odam foydalana olişi dargumon bölsa-da, biroq ba'zi kompaniyalar bu yönalişda muayyan muvaffaqiyatlarga erişmoqdalar. 

Şunday kompaniyalardan biri, Myunxendagi Lilium Aviation tarixda ilk vertikal uça oluvçi ikki örindiqli elektrokarni sinovdan muvaffaqiyatli ötkazdi. 

40 dan köproq dizayner, muhandis va şunçaki havaskorlardan iborat xalqaro jamoa The Lilium Jet deb nomlangan uşbu maşinani yaratiş ustida bir neça yil iş olib bordi. Uşbu transport vositasi havoda 300 km/soat tezlik bilan uça oladi. U 10 metrlik qanotlar quloçiga ega va 36 ta reaktiv dvigatel  bilan jihozlangan. Avtomobilni yaratişda yölovçilar xavfsizligi va avtopilot tizimi yordamida avtonom parvoz qiliş imkoniyatiga katta e'tibor qaratildi.  

"Bizning avtomobilda Tesla’dagidek batarey örnatilgan. The Lilium Jet qanotlarining noodatiy tuzilişi va reaktiv dvigatellarining antiqa joylaşişi evaziga boşqa uçuvçi vositalarga nisbatan samaraliroqdir. U juda ham kam energiya sarflaydi", deb aytdi kompaniya rahbari Patrik Naten.

Dastlab maşinani odamlar boşqarişi rejalaştirilmoqda.  Biroq yaqin kelajakda uni uçuvçisiz taksiga aylantiriş mumkin. Kompaniyaning yaqin oradagi rejalarida 5 yölovçini siğdira oladigan uçar elektrokar yaratiş istagi bor. Lilium Aviation’ning barça avtomobillari paraşyutlar va xavfsiz parvozdan çetga çiqişning oldini oluvçi Flight Envelope Protection tizimi bilan jihozlanadi.