Futbol ançadan beri muxlislar uçun oddiy sport musobaqasidan ular hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan. Millionlab muxlislar öz milliy terma jamoalarini qöllab-quvvatlaydilar: bu jamoalarning finalga çiqişi va u yerda ğolib bölişini hattoki odatda futbolga unça qiziqmaydiganlar ham qizğin nişonlaydilar. Aksinça, terma jamoaning çempionatdan çiqib ketişi davlatni çuqur qayğuga soladi. Biroq ba'zi zamonaviy futbolçilarni muxlislarning his-tuyğulari qiziqtirmaydi. Biroq ularga baribir maoş tölanaveradi! Uşbu maqola ba'zi "öta kuyunçak" futbolçilar va murabbiylar köziga tuşadi, deb umid qilamiz. Ular beğam futbolçilar bilan nima bölişini körib, balki şundan xulosa çiqarib, ehtimol yaxşi öynay boşlarlar.
Xitoy terma jamoasi

Tailand 2013 yilda Xitoyni 5:1 hisobida tor-mor etgandan keyin, Xitoy raisi Si Tszinpin bu natijadan şunçalik aççiqlanganki, terma jamoa sardori hamda Xitoy futbol federatsiyasi prezidenti vatanlariga qaytişlari bilan qamoqqa jönatilganlar. Terma jamoaning yana 7 öyinçisi 6 yillik qamoq jazosiga tortilgan.
Nigeriya terma jamoasi

JARda ötgan jahon çempionati Nigeriya terma jamoasiga dovruğ keltirmadi. Nigeriyalik azamat yigitlar Argentina, Gretsiyaga yutqazib va Janubiy Koreya bilan arang durang natijaga erişib, öz guruhlarida sönggi örinni egallaganlar. Şunday natijadan keyin terma jamoa safida öynagan futbolçilar har qanday, hattoki havaskorlik çempionatlarida iştirok etiş huquqidan mahrum etilganlar.
Şimoliy Koreya terma jamoasi

Şimoliy Koreya terma jamoasi JARdagi jahon çempionatidan "tarvuzi qöltiğidan tuşib qaytgandan" keyin mamlakat rahbari Kim Çen In jamoaning butun tarkibini ottirib taşlamoqçi bölgan. Biroq terma jamoa boş murabbiyi Kim Jon Xunning barça aybni öz böyniga olişi butun jamoani ölimdan saqlab qolgan. Endilikda sobiq murabbiy özining aybini mehnat lagerlarida maşaqqatli mehnat bilan yuvmoqda.
Salvador va Gonduras uruşi










