13:28 / 15.06.2018
11155

Jahon chempionatining eng yosh va qari terma jamoalari aniqlandi

Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining eng yosh va qari terma jamoalari ma'lum bo‘ldi.

Tadqiqotlar natijasida, Kosta-Rika terma jamoasining o‘rtacha yoshi eng ulug‘ ekani aniqlandi - 29,56 yil.

Kosta-Rika terma jamoasi

Undan keyingi o‘rinlarni Meksika (29,36), Panama (29,26), Argentina (29,17), Misr (28,96) va Rossiya (28,84) terma jamoalari egallab turibdi.

Turnirning eng yosh terma jamoalari - Nigeriya (25,92), Fransiya (26,03), Angliya (26,05), Tunis (26,53) va Serbiya (26,76).

Nigeriya terma jamoasi
Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top