Roppa-rosa 145 yil muqaddam, 1872 yil 30 noyabrda futbol terma jamoalari örtasidagi ilk uçraşuv bölib ötgan. Öşanda örtoqlik uçraşuvida Şotlandiya va Angliya termalari bahslaşgan. Uçraşuv golsiz durang bilan yakunlangan.

Öşa vaqtdan to hozirgaça bu ikki terma jamoa özaro 115 marta röbaro‘ kelgan. Statistikaga köra, özaro bahslarda 48 marta inglizlar, 41 marta şotlandlar ğalaba qozongan. Ularning oxirgi uçraşuvi 2018 yilgi jahon çempionati saralaş bosqiçida 2017 yil 10 iyunda bölib ötgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

1 dekabrda JÇ-2018 final bosqiçiga qur'a taşlaş marosimi bölib ötadi. Jamoalar savatçalarga FIFAning 2017 yil oktabrdagi reytingiga köra taqsimlanganlar. Qiziği, musobaqaga mezbonlik qiluvçi Rossiya terma jamoasi jahon çempionatida iştirok etuvçi jamoalar orasida eng past reytingga ega.