Meksikaning Miçoakan va Gerrero ştatlari çegaralarida ikki özaro raqib jinoiy töda örtasidagi töqnaşuv oqibatida 9 kişi öldirildi. Bu haqda Miçoakan boş prokuraturasi ma'lum qildi.

Prokuratura xodimlari töqnaşuv yuz bergan Çurumuko munitsipiyasiga kelib, u yerda 9 jasadni aniqlaşgan. Şuningdek, öqqa tutilgan 4 ta maşina ham aniqlangan.

Miçoakan va Gerrero ştatlari Meksikadagi eng xavfli hududlardan hisoblanadi. Bu AQŞga giyohvand moddalar yetkazib berişni nazoratga oliş uçun özaro kuraş olib boruvçi narkokartellar faoliyati bilan boğlangan.