Xalqaro olimpiya qömitasi 2008 va 2012 yillardagi doping namunalaridan 182tasi ijobiy natijani qayd etgan. Takroriy tekşiruvlar şunday raqamlarni qölga kiritişga sabab böldi. Bu haqda HOQning kommunikatsiyalar böyiça komissiyasi a'zosi Alen Lyuntsenfixter Twitter sahifasida yozdi.
"1 aprelgaça Pekin (2008) va London (2012)dagi öyinlardan olingan doping namunalaridan 182ta ijobiy natija qayd etildi. Ularning 103 tasi yengil atletikaçilar va 50tasi oğir sport turlari bilan şuğullanuvçilar orasida aniqlandi, - deb yozgan Lyuntsenfixter. – Ikki olimpiadada qatnaşgan 9 sportçining doping namunasi esa ikkala holatda ham ijobiy (ya'ni, doping borligini körsatgan) bölgan. Ulardan 5 nafari belorussiyalik, ikkisi qozoğistonlik sportçilardir".
XOQ sportçilarning doping namunalarini saqlaş muddatini sakkiz yildan ön yilga uzaytiriş xususida qaror qabul qilganidan söng, 2008 yildan boşlab barça namunalar qayta tekşirilişi haqida e'lon qilgan edi.








