AQŞning B-52N strategik bombardimonçi samolyotining Guamda falokatga uçraşiga quş sabab bölgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
AQŞ harbiy-havo kuçlari vakilining aytişiça, 2016 yil 19 mayda yuz bergan falokatga quşning dvigatelga tuşişi sabab bölgan. Tergovning aniqlaşiça, quş dvigatelga tuşgaç, samolyot havoga kötariliş vaqtidayoq tortiş kuçini yöqota boşlagan va uçuvçi samolyotni favqulodda qöndirişga qaror qilgan.
Biroq qöniş vaqtida samolyotning tezligini hattoki tormoz paraşyutlari bilan ham maqbul ölçamlarga tuşirişning iloji bölmagan va 112 mln dollarlik samolyot uçiş-qöniş yölakçasi taşqarisiga çiqib ketib, alangalanib, butkul yonib ketgan. Samolyot ekipajining barça 7 a'zosi samolyotni tark etişga muvaffaq bölgan.
Uçuvçining aytişiça, samolyotdagi asboblar tortiş kuçining keskin tuşişini qayd qilganda, u bu paytda havoda quşlar uçib yurganini kuzatgan.








