Özbekistonda mobil aloqa xizmati uçun tariflar va tölovlar qat'iy ravişda milliy valyutada belgilanadi va tölanadi. Uşbu mexanizm joriy yil oxiriga qadar joriy etiladi.
25 aprel kuni Toşkentda Usenet 2017 konferensiyasi doirasida ötkazilgan davra suhbatida iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Umidjon A'lamovning ma'lum qilişiça, 2017 yil oxiriga qadar mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlarini milliy valyutada narxlaşga ötkaziş böyiça qaror işlab çiqiladi.
«Ötiş jarayonining özi katta mablağlarni talab qiladi, bu arzonga tuşadigan tadbir emas. Biroq, Harakatlar strategiyasiga köra, hamma milliy valyutada narxlaşga ötadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror şu yil oxirigaça işlab çiqiladi va kelgusi yildan amalga oşirila boşlaydi», — deya qayd etgan Umidjon A'lamov.
«Biz bu borada iste'molçilardan, jumladan, korporativ mijozlardan köplab şikoyatlar qabul qildik. Ular asosan xizmatlarning AQŞ dollarida narxlanişi bilan boğliq noqulayliklardan norozilik bildirişgan», deya ta'kidlagan vazir örinbosari.
Usenet 2017 doirasidagi «2017-2021 yillarda mobil KPKning rivojlanişi. 3Ğni kengaytiriş, 4Ğni tatbiq etiş va 5Ğga ötiş» mavzusida ötkazilgan davra suhbatida A'lamov bilan birga Unitel boş direktori Dmitriy Şukov, UZMOBILE boş direktori Vladimir Kravçenko hamda anjuman taşkilotçisi - Ledokol Group agentligi rahbari Dilşod Muzaffarov qatnaşdi.











