Rossiya boş vazirining birinçi örinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Yevrokomissiyaning energoittifoq böyiça vitse-prezidenti Maroş Şefçoviç özaro savdodagi hisob-kitoblarni rubl va yevroga ötkaziş masalasini ilgari suruvçi işçi guruh tuzişga kelişib oldi. Bu haqda boş vazirning birinçi örinbosari matbuot kotibi Andrey Lavrov ma'lum qildi.

«Tomonlar milliy valutalardan foydalanişni kengaytiriş özaro manfaatli bölişini, Rossiya va YeI tadbirkorlari uçun xatarlarni pasaytirişini qayd etişdi», — dedi u.

Işçi guruh hisob-kitoblarni milliy valutalarda olib boriş böyiça amaliy qadamlarni örganadi, dedi Siluanovning vakili.

Rossiya öz savdo hamkorlari bilan hisob-kitob qilişda milliy valutalarga ötiş böyiça faol iş olib bormoqda. Keyingi paytda Turkiya va Xitoy bilan bu borada muzokaralar ötkazildi.