Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari uçraşuvida taşkilotning taraqqiyot bankini tuziş masalasini kötardi.
U mazkur bankni tuziş, xususan özaro hisob-kitoblarda milliy valutalarga ötiş böyiça maslahatlaşuvlarni davom ettirişni taklif qildi.
Uning qöşimça qilişiça, davlatlar, jumladan, kuzatuvçi davlatlar örtasida transport-logistika aloqalarini yanada çuqurlaştiriş muhim ahamiyatga ega.
«Şu bois biz Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişi loyihasi tezroq amalga oşirilişi tarafdorimiz», — dedi Sooronbay Jeenbekov.
Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengaşining ön töqqizinçi majlisi 13-14 iyun kunlari Bişkek şahrida bölib ötdi.
Sammitda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va nutq sözladi.
Özbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlaş kabi masalalar böyiça dolzarb fikrlar bildirdi.












