2017 yil 6-8 sentabr kunlari Toşkentda II Xalqaro «EXPO Restaurants & Cafes» körgazmasi bölib ötadi. U HoReCa segmenti uçun turli jihozlar va asbob-uskunalar işlab çiqariş sohasidagi mutaxassislar, restoran biznesi vakillarini bir joyga töplaydi.

Bu nima özi?

Bu ming kişilik qulay reklama va biznes maydoni. Salohiyatli sarmoyadorlar, xususiy tadbirkorlar, restoran xöjayinlari, top-menejmenti, restoran biznesi hamkorlari va umumiy ovqatlaniş korxonalari mijozlari.

Iştirok etiş uçun 5 sabab

  • Sohaga doir OAV bilan hamkorlik. Körgazma katalogi qatnaşuvçilar va boşqa onlayn-offlayn maydonlar vakillari orasida tarqatiladi.
  • Körgazmani ötkaziş uçun qulay vaqtning tanlangani yangi yil mavsumoldi va kelgusi yildagi faoliyatingizni puxta rejalaştiriş imkonini beradi.
  • Maqsadli auditoriya bilan uçraşuv va bevosita muloqotingiz xizmatlaringiz va mahsulotlaringizni sotiş imkoniyatini bir neça marta oşiradi va mijozda şunçaki uçraşuv, degan sovuq taassurot qoldirmaydi.
  • Aloqalaringizni kengaytiriş va yangi hamkorlar hamda mahsulotlarni uzluksiz yetkazib bera oladiganlarni topiş imkoniyati.
  • Real vaqt mobaynidagi eng yirik reklama maydoni – 3 kun içida 1000 nafardan ortiq kişi.

Men tadbirkor emasman, şartmikan?

«EXPO Restaurants & Cafes 2017» xalqaro körgazmasida Toşkentning umumiy ovqatlaniş borasida muvaffaqiyat qozongan barça korxonalarini bilib oliş mumkin. Unda siz restoran biznesidagi asosiy trendlar, umumiy ovqatlaniş sohasidagi yangi xizmatlardan xabardor bölasiz, özingiz yoqtirgan oşxona va restoranlarning boş oşpazlari bilan tanişasiz. Ularning master-klass va taqdimotlarida iştirok etişingiz mumkin böladi. Bundan taşqari, turli xil sok va içimlik suvlari, oşxona asbob-uskunalari, jihozlari, mebel va idişlarini işlab çiqaruvçilar bilan tanişiş imkoniyati.

II Xalqaro «EXPO Restaurants & Cafes» körgazmasi yangi yil mavsumi oldidan ötkaziladi. Bu vaqtda restoran biznesi namoyondalari uşbu mavsum oldi va kelasi yil uçun  tayyorgarliklarini köra boşlaydi. Şu sababli, siz restoranlar jadvalidan xabardor bölib, öz tantanangiz muddatini belgilab olişingiz mumkin.