Android Open Source loyihasi iştirokçilari Google birdaniga uçta yangi Pixel smartfonlarini çiqarmoqçi ekanini aniqlaşdi.
Pixel ikkinçi avlod smartfonlari Walleye, Muskie va Taimen degan nomlarni oladi. Taxminlarga köra, Walleye Pixel XL qurilmasining yangilangan nusxasi bölsa, Muskie uçun esa oddiy Pixel asos qilib olindi.
Şu bilan birga, Taimen nomi ostida qanday qurilma bor ekani hozirça noma'lum. PhoneArena resursining fikriça, bu Pixel XL’dan ham katta displeyga ega bölgan fablet yoki planşet ham bölişi mumkin.
Bundan taşqari, ma'lum bölişiça, uç qurilmaning barçasi Samsung Galaxy S8 va S8+’ga örnatiladigan Qualcomm Snapdragon 835 çipseti negizida işlaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Google Pixel’ning faqatgina ikkita yangi modelini çiqariş niyatida ekani haqida xabarlar tarqagandi.












