Ostindagi Texas universiteti (AQŞ) olimlari Advanced Materials ilmiy jurnalining navbatdagi sonida yangi, çöziluvçan baterayalar haqida maqola e'lon qilişdi.

Yangi texnologiya asosida oddiy bir çaqmoq oqqand yotadi. Qand öziga polimerni şimib oladi va ğovaksimon struktura hosil qilib, şaklini töliq unga böşatib beradi. Polimer gubka ğovaklari “gubkali elektrod” hosil bölişi uçun grafen asosidagi tok ötkazuvçi eritma bilan töldiriladi. Natijada, yangi batareyaning barça tarkibiy qismlari çöziliş xususiyatiga ega böladi.

Sinovlar şuni körsatdiki, töliq batareya özining dastlabki uzunligidan 50 foizigaça çözilişi mumkin va deformatsiya polimer materialning içki xossalari bilan çegaralangan. Çöziluvçan batareyadan kelajakda badanga örnatiladigan, salomatlikni nazorat qiluvçi turli xil datçiklar, özi bilan olib yuriladigan kommunikatsiya qurilmalari, egiluvçan displeylar va implantatsiya qilinuvçi tibbiy qurilmalarda foydalaniş mumkin, — deb yozadi phys.org.











