Özbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning «Şanghay SIPG» klubi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov Özbekistondagi OAV vakillari orasida ötkazilgan sörovnomaga köra mamlakatning 2016 yildagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi, deya xabar bermoqda ÖFF rasmiy sayti.

Manbaga köra, Özbekiston terma jamoasi sardori ötkazilgan sörov natijalariga köra eng yaqin ta'qibçilari – Qatarning «As-Sayliya» klubida töp surayotgan Temurxöja Abduholiqov hamda Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyaçisi Vitaliy Denisovni ortda qoldirdi.

Qayd etiş kerakki, Odil Ahmedov beşinçi marta Özbekistonda yilning eng yaxşi futbolçisi deya e'tirof etildi. Bungaça yarim himoyaçi 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda Özbekistonda yil futbolçisi bölgandi.

OAV vakillari ovoziga köra Özbekistonning eng yaxşi futbolçilari kuçli uçligi:

1.  Odil Ahmedov («Şanghay SIPG», Xitoy) – 33 oçko

2.  Temurxöja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar) – 22 oçko

3.  Vitaliy Denisov («Lokomotiv» Moskva, Rossiya) – 16 oçko.