Uç boksyorlik assotsiatsiyasi tasnifi böyiça öta oğir vaznda jahonning yangi çempioni Entoni Joşua Vladimir Kliçkoning atrofidagilarni «Uembli»da yengilgan boksçini qayta jang ötkaziş fikridan qaytarişni söragan.
«Fikrimça, u baribir qayta jang uyuştirilişini xohlab qoladi. Çunki jangçi töxtatiş kerakligini anglab yetuvçi eng sönggi odam. Biroq uning atrofida unga maslahat beruvçi insonlar — suyukli yori, akasi bor. Ular unga qasos jangi ötkazmasligini maslahat berişlari kerak», — deya britaniyalik boksçining sözlarini keltiradi Boxingscene.com portali.
Joşuaning qayd etişiça, u Vladimir Kliçkoni inson va boksçi sifatida nihoyatda hurmat qiladi, biroq ukrainalik boksçi yana ringga çiqişni istasa, u albatta bu çaqiruvni qabul qiladi.
Ötgan şanbada Entoni Joşua Vladimir Kliçkoni çempionlik jangida texnik nokaut bilan mağlubiyatga uçratdi. Jang uçun tuzilgan şartnomaga köra, qasos oliş uçun qayta jang ötkazilişi ham nazarda tutilgan.












