Davlatga qaraşli turar-joy va binolarni özboşimçalik bilan qayta qurgan yoki özgartirgan şaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Sud departamenti.
Töğri, Konstitutsiyada har bir şaxsning mulk huquqi kafolatlangan. Şunday bölsada, sud organi jismoniy va yuridik şaxslarni mulkdan foydalanişida qonunga zid xatti-harakati yuzasidan tegişli qaror çiqarişga xaqli. Bir haqiqatni heç xam esdan çiqarmaslik kerak, agarda Davlat uy-joy yoki yer ajratadigan bölsa, u albatta aniq hisob-kitoblarga asoslangan böladi. Ammo köça yuziga çiqib qolgan uylar, yöllarning tor holatga kelib qolgani, favqulodda vaziyatlar bölgan paytda maxsus xizmat xodimlariga noqulaylik tuğdirmasmikin? Yoki zilzila vaqtidaçi? Eng qiziq tarafi şundaki, aksariyat fuqarolar qurayotgan obekti noqonuniy ekanligini bilib, ogohlantiruvlarga qaramasdan öz işida davom etgan.

Şu örinda qöşimça qiliş kerakki, Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga köra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida, şuningdek imorat quriş uçun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va quriliş normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boşqa bino, inşoot yoki özga köçmas mulk özboşimçalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi. “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi Qonunning 73-1-moddasida belgilanganidek, qarzdorning imoratini majburiy buzib taşlaş xolislar iştirokida va içki işlar organlarining xodimlari kömagida sud ijroçisi tomonidan amalga oşiriladi.

Ma'lumotlarga köra, Toşkent şahar sud ijroçilarining tuman bölimlari iş yurituvida 2017 yilning hozirgi davriga köra jami 915 ta ijro hujjatlari mavjud.
Ayni damda Çilonzor va Yunusobod tumanlarida noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda buziş böyiça ijro harakatlari olib borilmoqda.













