Janubiy Afrikada ğazablangan tuyaquş uni quçmoqçi bölgan kişiga hujum qildi. Voqea tasvirga tuşirilgan video YouTube'da taqdim etildi.

Videoda kişining tuyaquşga yaqinlaşgani, şundan keyin quşning xavfsirab unga hujum qilgani hamda yerga yiqitganini köriş mumkin. Yaqin atrofda turgan kişilar tuyaquşni qörqitib, qoçirişga muvaffaq bölişadi. 

Video ostidagi şarhlarga köra, jabrlanuvçining ismi - Tini Van Vik. U Janubiy Afrikaning Brakpan şahridagi tuyaquş fermasida ösgan. 

Jabrlanuvçi heç qanday jiddiy jarohat olmagan. "Men qandaydir tikanli ösimlik ustiga quladim, hamma joyim tilindi. Şuni hisobga olmasak, hammasi joyida", - deydi Van Vik.

Bundan avval kanalimiz orqali özbek yigitining tuyaquşga yaqinlaşmoqçi bölgani, keyin esa undan qörqib qoçgan videosi taqdim etilgan edi.