Rossiyaning Kursk viloyatiga uçuvçisiz uçiş apparatlari (dron) bilan amalga oşirilgan hujum oqibatida bir kişi halok böldi, yana olti nafar fuqaro turli darajada jarohat oldi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Xinşteyn ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, dron Bolşesoldatskiy tumanidagi Kozirevka qişloğida joylaşgan xususiy uyga kelib urilgan. Hodisa oqibatida bir inson halok bölgan, yana olti kişi jarohatlangan.

Belgorod viloyatida ham dronlar hujumi oqibatida ikki kişi jabrlangan. Viloyat tezkor ştabi ma’lumotiga köra, Şebekino şahrida «Orlan» köngillilar bölinmasi jangçilaridan biri yaralangan.

Yana bir jabrlanuvçi Maslova Pristan posyolkasida yaşovçi erkak bölib, uning avtomobiliga dron hujum qilgan. U mina portlaşi jarohatini olgan holda mustaqil ravişda şifoxonaga murojaat qilgan.

Ayni paytda Rossiya poytaxti Moskvaga ham dronlar hujumi uyuştirişga uriniş bölgani xabar qilindi. Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilişiça, 6-avgustga ötar keçasi şahar tomon harakatlangan uçta uçuvçisiz apparat havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan yöq qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarçilik qayd etilmagan.

Şuningdek, Yaroslavl viloyatida ham dronlar hujumi xavfi e’lon qilindi. Viloyat rahbari Mixail Yevrayev Yaroslavl şahridan Moskva yönalişiga çiqiş qismida transport harakati vaqtinça çeklanganini ma’lum qildi. U aholidan uşbu yönaliş böylab safarlarni keçiktiriş yoki aylanma yöllardan foydalanişni söradi.