Lixtenşteyn hukumati mamlakatda yirik kiberhujum sodir etilganini ma’lum qildi. Hujum natijasida kompaniyalar, jamğarmalar va trastlarga aloqador şaxslar haqidagi ma’lumotlar saqlangan «Iqtisodiy manfaatdor şaxslar reyestri» (VwbP) buzib kirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, xakerlar 31 ming nafar şaxsga oid ma’lumotlarni qölga kiritgan. Reyestrda kompaniyalar va boşqa yuridik tuzilmalarning haqiqiy egalari hamda ularga aloqador ma’lumotlar saqlangan.
Hozirda LLV.li davlat portalidagi mazkur reyestr foydalanuvçilar uçun vaqtinça yopilgan. Rasmiy izohda tizimda texnik xizmat körsatiş işlari olib borilayotgani aytilgan.
Hukumatning bildirişiça, hozirça ma’lumotlarning özgartirilgani yoki öçirib yuborilganini tasdiqlovçi dalillar aniqlanmagan. Biroq ma’lumotlar noqonuniy ravişda köçirib olingani ehtimoli tasdiqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 30 iyul kuni noma’lum şaxslar reyestrga noqonuniy kiriş imkoniga ega bölgan. Şundan söng mutaxassislar hodisa böyiça keng qamrovli texnik tahlilni boşlagan.
31 iyul kuni hukumat ehtimoliy kiberhujum haqida xabardor qilingan, 1 avgust kuni esa dastlabki tergov natijalari rasman tasdiqlangan.
Vaziyatga tezkor munosabat bildiriş maqsadida maxsus inqirozga qarşi ştab taşkil etildi. Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotiga köra, unga mamlakat boş vaziri Brigitte Haas va adliya vaziri Emanuel Şedler rahbarlik qilmoqda.
Hukumat ta’kidlaşiça, mazkur reyestr pul yuviş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş maqsadida yuritib kelingan. Ayni paytda kiberhujumni amalga oşirgan şaxslar va ularning maqsadlari aniqlanmoqda.
Lixtenşteyn aholisi taxminan 41 ming nafarni taşkil etadi. Mamlakat yalpi içki mahsulotning aholi jon boşiga töğri keladigan hajmi böyiça dunyodagi eng boy davlatlardan biri sanaladi. Şu bois uning moliya va bank tizimi kiberjinoyatçilar uçun muhim nişonlardan biri hisoblanadi.

















