2 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017 yil 6 may şanba dam oliş kunini 2017 yil 8 may duşanba kuniga köçiriş töğrisida»gi qarorga imzo çekdi. Qarorga köra, 2017 yil 6 may şanba dam oliş kuni 2017 yil 8 may duşanba kuniga köçirildi va iş kuni deb hisoblandi, 2017 yil 8 may duşanba kuni dam oliş kuni deb e'lon qilindi.
Prezident qarori bilan hammasiga oydinlik kiritilgandek göyo: kim qaçon dam oladi. Ammo tegişli vazirlik va idoralarda qarorni tuşunişmagan körinadi. Bunday yozilişiga sabab bor.
Kun.uz tahririyatga kelib tuşgan köplab murojaatlar tufayli Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi va Mehnat vazirligiga qönğiroq qilib, uşbu masala yuzasidan aniq ma'lumot olişni istadi. Ya'ni OTM, kollej va litseylar talabalari, maktab öquvçilari ham dam oladimi yoki yöq? Afsuski, bu urinişlar samarasiz böldi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligidagi hay'at kotibi bu borada aniq ma'lumotga ega emasligi, masalani öqiş joyining özidan söraş kerakligi, u yerda qanday tartib örnatilgan bölsa şunday amalga oşişini aytib ötdi. Ayniqsa bir gap boksçining nokautidek ta'sir qildi: «Bilmadim, köçirildi şekilli». Tuşunarsizlik davom etdi.
Mehnat vazirligi matbuot xizmati bilan ham boğlanildi. U yerdagi xodim esa özining asosiy vazifasi matbuot bilan işlaş, jurnalistlarga kerakli ma'lumotni yetkaziş ekanini yodidan çiqarib qöygani ma'lum böldi: u boşqa bölim telefon raqamini berişi mumkinligi, u yerdagilar masalaga oydinlik kiritişlari haqida aytib ötdi. Va u bu sözlarni şu qadar bepisandlik bilan aytdiki, u jurnalistning qaytib qönğiroq qilmasligini istayotgani sezilib turardi. Boşqa xodimlar ham buni aniq bilmasliklari aniqlandi, ular umuman jurnalist nima xohlayotganini tuşunişgani ham yöq. Göyoki «bizning heç narsadan xabarimiz yöq, özi sizga bizdan nima kerak?» qabilidagi javoblar qaytarildi.
Şu örinda Mehnat vazirligi haqida alohida töxtalib ötiş lozim. Bu vazirlikning matbuot xizmati umuman haddan taşqari darajada, ya'ni bu daraja nolga teng. Har gal bu xizmat bilan boğlanilganida, tegişli ma'lumot oliş igna bilan quduq qazişdek gap. Jurnalistlar ma'lumot olişdagi eng katta muammoga aynan şu vazirlikda duç kelişlari köp bora sinalgan.
Tahririyat yuqoridagi masala yuzasidan esa Xalq ta'limi vazirligi va Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazidangina aniq javob oldi. Bu ham tinimsiz qönğiroqlar evaziga amalga oşdi.
Aytilişiça, maktab hamda kollej va litseylarda duşanba kuni dam oliş kuni böladi. Duşanba kungi darslar keyingi maşğulotlar davomida ötkaziladi. Lekin şu oddiygina javobni oliş uçun yarim kun vaqt ketgani kişini öylaşga çorlaydi.











