2017 yil davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan bayram kunlarida aholining dam olişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qator hujjatlar imzolangani barçangizga ma'lum. Xususan, 2 yanvar duşanba kuni dam oliş kuni deya e'lon qilindi. Navröz bayrami hamda Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan mos ravişda iş kunlari köçirilib, 20 mart hamda 8 may kunlari barça aholi uçun dam oliş kuni deya e'lon qilindi.
Oxirgi ikkita qaror keng jamoatçilik orasida qizğin muhokama qilindi. Çunki Özbekiston qonunçiligida şunga öxşaş avvalgi qarorlarning barçasi haftasiga 5 iş kunida faoliyat olib boradigan xodimlarga taalluqli bölardi. Ammo bu safargi qarorlar butun mamlakat aholisiga, jumladan 6 kunlik iş haftasidagi xodimlarga ham taalluqli tarzda çiqarildi. Buning natijasi esa barçangizga ma'lum – 20 mart duşanba kuni barça xodimlar rasman dam oldi, ta'lim muassasalarida esa öqiş bölmadi.
Yaqinda Maslahat.uz guruhida Prezident qarori bilan 8 may duşanba kuni dam oliş kuni deb e'lon qilinganligi haqidagi muhokamada foydalanuvçilar tomonidan qoldirilgan ayrim izohlar «Kun.uz» saytining diqqatini tortdi va şu böyiça jurnalistik suriştiruv olib borildi.
Xususan, Elyor Abdikulov ismli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçisi quyidagi fikrlarni bildirgan:
“Nega ötgan safar 6 kun işlaydiganlarga 25 kun iş kuni 1 kunga kamaytirilmadi? Buning oqibatida tabelda 24 kun, davlat byudjyet korxonalari dasturi «Uzasbo»da 25 iş kuni yozildi. Bu qarorga şarhni faqat Mehnat vazirligi yozişi mumkin. Çunki yillik kalendar iş rejasini ular tuzadi, özgartiriş kiritadi.
20 mart kuni işlamadik va şuning hisobiga 1 kun oyligimiz uşlab qolindi. Şunga bu safar xodimlarimiz işlaymiz, 1 kunlik iş haqi kerak deyişyapti”.
Şunga öxşaş izohni Zulfiqor Aslanov ismli foydalanuvçi ham qoldirgan va “yana martdagidek oylikdan olib qolişadimi”, deya savol bergan.
Uşbu holatni batafsil örganib çiqqaç, quyidagilar aniqlandi:
1. Prezident Ş. Mirziyoyevning 2017 yil 16 martdagi PQ-2839-sonli qaroriga binoan, 20 mart duşanba kuni dam oliş kuni deya e'lon qilindi va hamma dam oldi.
2. Şunga köra, mart oyida haftasiga 6 iş kunida işlaydigan xodimlar 24 kun işlaşdi, 7 kun dam olişdi. Buni quyidagi suratdan ham köriş mumkin.













