Sport | 11:30 / 09.05.2017
13411
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Real»ning zaxira futbolchilari «Granada» murabbiyini mazax qilishdi

Foto: VVS

Ispaniya chempionatining 36-turida «Real» va «Granada» jamoalari o‘rtasida kechgan va mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etilgan uchrashuvda qiziq voqea ro‘y berdi.

Marca xabariga ko‘ra, «Granada» bosh murabbiyi Toni Adams o‘yin vaqtida pidjagini yechdi va jiletning o‘zida qoldi. Bu holat «Real» zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilarga g‘alati ko‘ringan. Ular o‘zaro hazillasha boshlashadi, ammo Isko hammadan o‘tib tushadi. U angliyalik mutaxassisga qarata «Ofisiant, bir butilka koka-kola keltiring» deya qichqiradi.

Bundan tashqari, «Real» hujumchisi Mariano Adamsning harakatlariga taqlid qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid