Sport | 01:43 / 24.12.2020
4137
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real» Kazemiro va Benzemaning gollari evaziga «Granada»ni  mag‘lub etdi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 15-turida «Real» o‘z maydonida «Granada»ni qabul qilib, Kazemiro va Benzemaning gollari evaziga ketma-ket beshinchi g‘alabasiga erishdi. 

«Real» ochkolarini 32taga yetkazib, peshqadam «Atletiko»ga yetib oldi. «Granada» 21 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

La Liga, 15-tur, 23 dekabr

Real – Granada 2:0
Gollar: Kazemiro (57), Benzema (90+4)
Real – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Valverde (Isko, 78), Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 78), Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 38), Benzema. 
Granada – Ruy Silva, Valexo (Herman Sanches, 84), Fulke (Kini, 73), Neva, Duarte, Kenedi (Suares, 63), Errera, Milya, Eteki (Soro, 63), Puertas, Soldado (Molina, 74).

Xetafe – Selta 1:1
Gollar: Suares (7) – Aspas (17, penalti).
Xetafe – Yanes, Jyene, Kabako, Nom, Suares, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich, Timor (Patrik, 58), Unal (Mata, 57), Ernandes (Anxel Rodriges, 57). 
Selta – Ruben Blanko, Malo, Murilo, Arauxo, Olasa, Tapiya, Denis Suares, Mendes, Baesa (Mo‘r, 65), Nolito (Yokushlu, 82), Aspas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid