Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovga Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 72 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi yölladi.

Medvedev öz tabriknomasida Ğalaba kuni Ikkinçi jahon uruşi frontlarida jang qilgan ota-bobolarning ölmas jasoratlari, front ortida mehnat qilganlarning qahramonliklarini gavdalantiruvçi uluğ bayram ekanligini ta'kidlab ötgan. 

Medvedev tamal toşi harbiy yillarda qöyilgan döstlik an'analari kelgusida ham Rossiya va Özbekiston örtasidagi ittifoqdoşlik va strategik hamkorlikka işonçli asos bölib xizmat qilişiga işonç bildirdi.

Medvedev Aripovdan barça özbekistonlik uruş faxriylariga baxt, farovonlik va uzoq umr körişlarini tilab qolişini, samimiy hurmati va ularning körsatgan jasoratlari uçun minnatdorçiligini yetkazib qöyişni iltimos qilgan.