Prezidentning «9-may xotira va qadrlar kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan Boş prokuratura, Toşkent şahri, Transport va Harbiy prokuraturasi tomonidan bir qator tadbirlar ötkazildi.

Jumladan, 8 may kuni Boş prokuratura rahbariyati va jamoasi, Toşkent şahar prokuraturasi, Harbiy va Transport prokuraturalari, şuningdek uning huzuridagi faxriylarni ijtimoiy qöllab quvvatlaş markazi faxriylari, Jamoatçilik kengaşi a’zolari bilan birgalikda Toşkent şahridagi Ğalaba boğiga taşrif buyurişdi. An’anaga muvofiq, «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gulçambar qöyilib, Vatan himoyasi yölida halok bölganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Qayd qilinişiça, 1941-1945 yillarda prokuratura organlarida jami 500 nafar xodim faoliyat yuritib, ularning qariyb 80 foizi yoki 400 nafari uruşga jalb qilingan qolgan 100 nafari front ortida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy masalalariga ayniqsa frontga yetkazilişi lozim bölgan resurslarni işlab çiqarilişini ta’minlaş, Özbekistonga köçirib keltirilgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va boşqa muhim sohalarga jalb qilingan.

Kun tartibining keyingi yönalişida barça faxriylar va xodimlar birgalikda muqaddam prokuratura tizimida köp yillar mehnat qilgan, ayniqsa Ikkinçi jahon uruşi davrida jasorat körsatgan, şu bilan birga front ortida sadoqat bilan xizmat qilib, qonuniylikni ta’minlagan marhum bir qator prokuratura organlari faxriylari yotgan qabrlar ziyorat qilindi.

Jumladan, dastlab Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan «Minor» qabristonida dafn etilganlarning (Mannanov, Usmonov, Inomjonov va boşqalar) qabri ziyorat qilinib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.