NATO yaqin haftalarda Afğonistondagi noharbiy tarkibi sonini köpaytiriş xususida qaror qabul qiladi. Bu haqda taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.

"May oyida bölib ötadigan uçraşuvda kollektiv xavfsizligimizni qanday kuçaytirişimiz mumkinligini muhokama qilamiz… Biz harbiy rahbariyatimizdan Afğonistondagi kontingentimizni bir neça ming kişi bilan kuçaytiriş böyiça sörov oldik, ayni vaqtda, bu masalani örganib çiqayapmiz. Yaqin bir neça haftada şu masalada qaror qabul qilamiz", — degan Stoltenberg Londonda jurnalistlar bilan muloqotda. 

"Afğonistonda jangovar missiyaga qaytilmaydi, u maşğulotlar ötkaziş va yordam beriş yönalişida davom ettiriladi", — deya oydinlik kiritgan boş kotib. 

Uning sözlariga köra, uşbu mavzu 25 may kuni bölib ötadigan NATO sammitida batafsil muhokama qilinadi.