Joriy yilning 30 aprel – 7 may kunlari Toşkentdagi “Özbekiston” universal sport majmuasida Xalqaro boks assotsiatsiyasi – AIBA musobaqalar taqvimiga kiritilgan kattalar örtasida Osiyo birinçiligi bölib ötdi. Aytiş mumkinki, uşbu musobaqa nafaqat barça özbekistonliklarning, balki dunyo ahlining ham diqqat-eʼtiborida böldi. Bunga öziga yaraşa sabablar bor edi, albatta. Çunki Rio-2016 Öyinlarida olamşumul jang ötkazgan özbek boksçilari öz uylarida ötayotgan musobaqada qanday natijaga erişişi barçani birdek qiziqtirdi va aytiş mumkinki,bu qiziqişlar, işonç va niyatlar töla özini oqladi. Özbekiston terma jamoasi 10ta oltin medal imkoniyatidan 9tasini qölga kiritib, Osiyoda yangi rekord qayd etdi. 

Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov (49 kg gaça) hal qiluvçi jangni möğulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarşi ötkazdi va yakunda ğolib çiqdi. Döstmatov Osiyo çempionatining öz vazn toifasida ikkinçi bor tengsiz böldi. U, şuningdek, turnirning eng yaxşi boksçisi sifatida tan olindi. Hasanboy uşbu boks keçasi haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşarkan şunday dedi:

Foto: @AIBA_Boxing

“Töğrisini aytganda bu unutilmas daqiqalar böldi. Avvalo, Özbekiston bayroğini yuqori kötariş, şuningdek, işonçni oqlaş kabi mas'uliyat musobaqa oldidan odamni hayajonlantirar edi. Ammo ringga kötarilgaç, iç-içimdan yurtdoşlarim, butun Özbekiston meni qöllab-quvvatlayotganini sezib turdim va bu dalda kuçimga-kuç qöşdi. Öylaymanki, men vatandoşlarim işonçini yana bir karra oqladim, yurtim bayroğini baland kötardim. Şu örinda, uşbu musobaqa taşkilotçilariga alohida minnatdorçilik bildiraman. “Sport” telekanali uşbu boks keçasining har bir jangini töğridan töğri efirga uzatib turdi va bu bilan Özbekiston boks ixlosmandlariga ajoyib janglarni taqdim etdi. Men özbekistonlik barça boks muxlislariga bizni qöllab-quvvatlaganliklari uçun alohida minnatdorçilik bildiraman”.

Foto: Kun.uz

Özbekiston vakillari öz rekordini örnatiş bilan çeklanmasdan, Osiyo rekordini ham urişdi. Termaning eng oğir vazndagi vakili Bahodir Jalolov qozoğistonlik Kamişbek Konkabayevni yengdi va töqqizinçi oltinni naqd qildi. Osiyo çempionatida şu vaqtgaça heç qaysi terma jamoa 9ta oltinni qölga kiritmagandi. Şu kungaça Osiyo çempionatlarida ikki marta (1965 Seulda, 1987 yil Kuvaytda) Janubiy Koreya terma jamoasi 8tadan oltin medalga ega çiqqandi. Özbekiston Osiyo rekordini örnatgan holda Germaniyadagi jahon çempionatiga boradigan böldi.

Turnirda Özbekiston 9ta oltin medal bilan birinçi, Qozoğiston 1ta oltin, 3ta kumuş va 4ta bronza bilan ikkinçi, Hindiston va Möğuliston terma jamolari esa 2tadan kumuş va bronza medallar bilan uçinçi örinni bölib olişdi.

Jahon çempionati şu yilning 23 avgustidan 4 sentabriga qadar Hamburg şahrida bölib ötadi va unda Özbekiston şarafini 10 nafar boksçi himoya qiladi (10 nafar boksçi orasidan faqatgina Sanjar Tursunov çorak finalda yengilgandi. Şunga qaramay, ötiş uçraşuvida ğalaba qozongan Tursunov ham Germaniyada ötadigan Jahon çempionati yöllanmasiga ega çiqqan).