«Real» yarimhimoyaçisi Isko Yevropa çempionlar ligasining 1/2 final «Atletiko»ga qarşi uçraşuvida (1:2) gol kiritişga muvaffaq böldi.

Natijada, Qirollik klubi barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda ketma-ket 61-uçraşuvda gol kiritişning uddasidan çiqdi. Jamoa sönggi marta ötgan yilning aprelida YeÇL doirasida «Mançester Siti»ga qarşi dastlabki uçraşuvda (0:0) gol kirita olmagandi.

«Real» bu natijasi orqali Yevropaning kuçli beşlik çempionatlari iştirokçilari orasida «Bavariya» qayd etgan natijani takrorladi.

Myunxen klubi 2013 yilning martidan boşlab, 2014 yilning apreliga qadar ketma-ket 61 uçraşuvda muntazam gol kiritişning uddasidan çiqqandi.