Hozirgi zamon talablaridan kelib çiqib, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratiş maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofadan turib biometrik pasport oliş uçun navbatga turiş va belgilangan muddatda “biometrik ma'lumotlarni yiğiş punkti”ga taşrif buyurişi mumkin bölgan xizmat turi joriy qilindi. Bu haqida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi saytida xabar berildi.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsiy kabinetga kiriş uçun ID.UZ (www.id.uz) identifikatsiya tizimida röyxatdan ötişi talab etilib, söngra www.gov.uz internet sahifasining “Fuqarolik” bölimiga kiriş yöli orqali, biometrik pasport hujjatlaştiriş uçun On-line tartibda navbatga turiş mumkin böladi.

Bu tartib Toşkent şahrining barça “biometrik ma'lumotlarni yiğiş punktlari”da joriy qilingan bölib, fuqarolarga hamda tizimda faoliyat yuritayotgan mas'ul xodimlarga yanada qulayliklar yaratadi.