Madridning «Real» klubi himoyaçisi Pepe yozda Italiyaning «Inter» klubi safiga köçib ötadi. Bu haqda Marca naşri xabar tarqatdi.

Ondo Cero manbasi bergan xabarda esa 34 yoşli portugaliyalik futbolçining Milan klubi bilan tuziladigan şartnoma şartlari bayon qilingan. Unga köra, Pepe «Inter» bilan «2+1» körinişida şartnoma imzolaydi va yiliga 5 million yevro maoş oladi.

Bu taklifni qabul qiliş uçun Pepe Xitoydan tuşgan juda qulay taklifni rad qilgandi. Şuningdek himoyaçi «Real» taklif qilgan bir yillik şartnomaga ham rad javobini bergan. U madridliklar bilan 2 yillik şartnoma imzolaşni istagandi.