Angliya premer-ligasida çempion va kumuş medal sohiblari nomi aniq bölgan esada, 3-4 örinlar uçun keskin kuraş davom etmoqda. Uç jamoa örtasida YeÇL yöllanmasi uçun kuraş sönggi turda ham davom etişi aniq bölib ulgurgan. Bugun YeÇL yöllanmasi uçun ikki da'vogar qoldirilgan uçraşuvlarini ötkazadi. Tribuna.Uz APLning ikki muhim uçraşuviga batafsil töxtalib ötadi.
«Mançester Siti» - «Vest Bromviç» (16 may, 23:59, Matç! Futbol 1)
Uçraşuv oldidan
«Mançester Siti» 36 uçraşuvdan söng 72 oçko töplagan holda turnir jadvalida 4-örinda bormoqda. Jamoa «Etihad»dagi sönggi uçraşuvida ğalaba qozongan taqdirda, YeÇL yöllanmasini deyarli naqd qiladi. «Arsenal»dan uç oçko oldinda borayotgan klub töplar nisbatiga köra ham «Arsenal»dan yaxşiroq körsatkiçga ega bölib turibdi. «Vest Bromviç» esa ortiqça bosimlarsiz qolgan. Jamoa yevrokuboklarga ham da'vogarlik qilmayapti. Şu bilan birga turnir jadvalining dastlabki 10taligidan tuşib ketiş ham jamoaga xavf solmayapti.
Qiziqarli faktlar
«Mançester Siti» «Etihad»da APL doirasida ötkazgan sönggi 11 uçraşuvdan buyon mağlubiyatga uçramayapti (7ğalaba, 4 durang);
Gabriel Jyezus «Siti» tarkibida olti öyinda maydonga tuşib 7ta golda iştirok (5ta gol, 2ta assist) etişga ulgurdi;
«Mançester Siti» «VBA» qarşi ketma-ket 10ta uçraşuvda ğalaba qozongan va bu körsatkiç böyiça faqatgina «Nyukasl»ga qarşi uçraşuvlarda yaxşiroq statistikaga ega. «Şaharliklar» 2009-2015 yillarda «Nyukasl»ni ketma-ket 12 uçraşuvda mağlubiyatga uçratgan;
Toni Pyulis «Mançester Siti»ga qarşi boş murabbiy sifatida ötkazgan 16 uçraşuvning faqat bittasida (4 durang, 11 mağlubiyat) ğalaba qozongan va bu işni 2009 yilning yanvarida «Stok Siti» boş murabbiyi sifatida uddalagandi.
Özaro uçraşuvlar tarixi
Ikki jamoa Angliya premer-ligasi taşkil etilganidan buyon 21 marta töqnaş kelişgan. 14 uçraşuvda «Mançester Siti» ğalaba qozongan bölsa, 4 uçraşuvda «VBA»ning qöli baland kelgan. Yuqorida eslab ötganimizdek, bu ikki jamoaning sönggi 10ta uçraşuvining barçasi «Mançester Siti»ning qöli baland kelgan. Sönggi marta «Vest Bromviç» 2011 yilning dekabrida «Mançester Siti» bilan öz uyida durang öynagandi.

Mançesterda keçgan uçraşuvda sönggi yetti uçraşuvda «Siti»ning qöli baland kelgan. Sönggi marta «VBA» mehmonda «Siti»dan 12 yil muqaddam oçko olişning uddasidan çiqqan. Öşanda 2005 yilning avgustida «Siti of Mançester»da keçgan uçraşuvda hisob oçilmagandi. «Vest Bromviç»ning «Siti» uyidagi yagona ğalaba esa 2003 yilning 1 fevralida qayd etilgan (1:2).
Yöqotişlar
«Mançester Siti» tarkibida Fabian Delf jarohati sabab bu uçraşuvda iştirok eta olmaydi. Klaudio Bravo va Ilkay Gundöğanning uçraşuvda iştirok etmasligini ança oldin aniq bölgandi. Qariyb bir oylik tanaffusdan söng Jon Stounz tarkibga qaytgan va bugungi uçraşuvda maydonga tuşişi kutilmoqda.
«Vest Bromviç» tarkibida esa Garet Makoli va Mett Filips bu uçraşuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Robson-Kanuning holatiga esa fitness-testdan söng oydinlik kiritiladi.
«Arsenal» - «Sanderlend» (23:45, Matç! Futbol 2)
Öyin oldidan
«Arsenal» kuçli törtlikdan örin olişi uçun uşbu öyinni yutişi şart. Şunda jamoa hisobidagi oçkolar soni 72taga yetişi va «Liverpul» bilan bir oçkogaça qisqarişi mumkin. Şunda barça masalaga sönggi turda oydinlik kiritiladi.
Qiziqarli faktlar
«Arsenal» heç qaçon APL doirasida öz öyida «Sanderlend»ga yutqazmagan (10 ğalaba, 5 durang);
«Sanderlend» «Arsenal»ga qarşi sönggi 26 urçşuvning faqat bittasida (1:0, 2009 yil, noyabr) ğalaba qozongan;
«Arsenal» hujumçisi Olive Jiru «Sanderlend»ga qarşi barça musobaqalarda ötkazgan sönggi tört öyinda törtta golga mualliflik qilgan;
Agar Jiru bu uçraşuvda ham gol kirita olsa, Robin van Persi va Teo Uolkottdan keyin «Emireyts»da 50ta gol kiritgan uçinçi futbolçiga aylanadi;
«Arsenal» «Emireyts»da ötkazgan sönggi 16 uçraşuvning faqat bittasida mağlubiyatga uçragan (12 ğalaba, 3 durang).
Özaro uçraşuvlar tarixi

Ikki jamoa premer-liga taşkil qilinganidan buyon 31 urçaşuvda maydonga tuşişgan 18 uçraşuvda «Arsenal»ning qöli baland kelgan bölsa, 3 marta «Sanderlend» ğalaba qozongan. 10ta uçraşuvda durang qayd etilgan. Londonda keçgan 15 uçraşuvda «Arsenal» biror marta ham mağlubiyatga uçramagan. Ammo «Emireyts»dagi sönggi 8 uçraşuvning 4tasida «Sanderlend» durang öynaşning uddasidan çiqqan.
Yöqotişlar
«Arsenal» tarkibida Aleks Oksleyd-Çemberlen jarohati sabab maydonga tuşa olmaydi. Loran Koselnining ham iştiroki söroq ostida qolmoqda. Jamoa yetakçisi Aleksis Sançes esa fitness-testdan söng holati böyiça aniq ma'lumot olişi mumkin.
«Sanderlend» tarkibida jarohati sabab Jyeyson Denayyer, Viktor Aniçebe va Jorj Haniman iştirok eta olmaydi. Şuningdek Peddi Makneyr, Yan Kirgxoff va Dankan Uotmorning maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda.












