FIFA yilning eng yaxşi futbolçisiga topşiradigan mukofoti reglamentini qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda.

Marca xabariga köra, taşkilot keyingi yillarda mukofotni futbolçining yil davomidagi harakatlariga qarab emas, mavsumdagi öyinlari uçun topşirişni joriy etadi (may oyida). «The Best» mukofotini topşiriş marosimining navbatdagisi 23 oktabr kuniga belgilangan.

FIFA yil yakunida France Football tomonidan yil davomidagi öyinlar uçun topşiriladigan «Oltin töp» marosimidan farqlanmoqçi.

2010 yildan 2015 yilga qadar «Oltin töp» FIFA va France Football tomonidan birgalikda topşirilardi. Unda yilning eng yaxşi futbolçisi uçun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.

2016 yilgi mavsumga kelib esa Fransiya agentligi alohida ajralib çiqdi, FIFA esa öz sovriniga asos soldi.

France Football jahonning yetakçi naşrlari hamda jurnalistlari yordamida ğolibni aniqlaydi. Jurnal 2016 yilda mukofotni Kriştianu Ronalduga topşirdi.

FIFA ğolibni aniqlaşda terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanişda davom etadi. FIFA 2016 yilning eng yaxşisi uçun mukofotni «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduga topşirgandi.