«Abu Saxiy» bozori yonida mashinani qo‘lbola pult yordamida ochib, o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi
«Abu Saxiy» bozori yonida mashinani qo‘lbola usulda yasalgan universal pulti yordamida ochib, o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan «Abu Saxiy» bozori yonida 1984 yilda tug‘ilgan Zangiota tumani Bobur ko‘chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safayev Shuhrat G‘ayratovich, 1973 yilda tug‘ilgan Yunusobod 7-mavzesi, 36-uy, 17-xonadonda yashovchi Eshmuxamedov Dilshod Ermatovichga tegishli bo‘lgan avtoulov eshiklarini, o‘zi tomonidan qo‘lbola usulda yasalgan universal pulti yordamida ochib, ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan 400.000 so‘m pul va uyali aloqa telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilganligi uchun ushlangan.
Chilonzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:24 / 10.04.2022
Toshkentda 3 ming o‘rinli «Abu Saxiy» masjidi ochildi (fotogalereya)
11:18 / 11.05.2021
«Abu Saxiy»da o‘z akasini pichoqlab qo‘ygan fuqaro 5 yilga qamaldi
11:54 / 22.01.2021
«Abu Saxiy»dagi omborxonadan 71 mln so‘mlik shimlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
09:46 / 13.01.2021